Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi AQShning Jiddadagi konsulligi binosi yaqinida portlashni amalga oshirgan xudkush pokistonlik bo‘lgani haqida ma'lum qildi.
Assoshieyted Press ma'lumotiga ko‘ra, vazirlik Pokiston fuqarosining shaxsiga aniqlik kiritgan. Bu 34 yoshli Abdulla Kalzar Xon edi. Jiddada u oilasi va ota-onasi bilan 12 yildan buyon yashab kelgan, haydovchi sifatida faoliyat yuritgan.
Pokiston hukumati hozircha bu xabarga munosabat bildirmadi.
4 iyul kuniga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni huquq-tartibot organlari xudkush tomonidan yirik terakt sodir etilishi oldi olindi. AQSh konsulxonasida o‘zini portlatmoqchi bo‘lgan terrorchi maqsadiga yeta olmagach, politsiyachilar oldida portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Natijada 2 politsiyachi shikastlangan.
5 iyulga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonida yana portlashlar sodir bo‘ldi. Saudiya Arabistonining Madina shahridagi musulmonlar uchun tabarruk – Muhammad (s.a.v) masjidi yaqinida mamlakat xavfsizlik xizmatining 4 nafar xodimi xudkush terrorchilarning qurboniga aylandi.