Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi shahardagi jome' masjidida Hayit namozi o‘qilishi arafasida tutun paydo bo‘lgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlamadi.
Bundan oldinroq, masjid qismlaridan birida tutun buruqsigani tufayli marosim to‘xtatilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
"Bir qator nashrlar tomonidan Moskva jome' masjidida favqulodda holat yuzaga kelgani haqida tarqatilgan xabar asossiz", deyilgan FVVning tvitterdagi sahifasida.