Renault kompaniyasi o‘z elektrokarini ishlab chiqaradi

TECH 00:42 / 05.07.2016 5085

Renault kompaniyasi kuzovi kupe ko‘rinishli krossover chiqarishni rejalashtirmoqda. Yangi modelning prototipi Parij avtosalonida namoyish etiladi. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib, Autocar xabar bermoqda.

Taxmin qilinishicha, kontseptual kupe-krossover ishlab chiqarish g‘oyasi 2015 yilda Frankfurtda o‘tkazilgan motorshouda taqdim etilgan Mazda Koeru’ning muvaffaqiyatidan so‘ng tug‘ilgan. Frantsuzcha prototipda sportcha tashqi ko‘rinish,  chiziqli tom va besh o‘rinli salon bo‘ladi.

Mashinadagi po‘lat elementlar Kadjar modelidan tayyorlangan. Shu bois kotsept-kar mutlaqo yangi salonga ega bo‘ladi.

Prototip butunlay elektrlashtirilgan quvvat qurilmalariga ega bo‘lishi kutilmoqda. Frantsuzlar o‘z elektrokarlarini hozirgi Zoe va Twizy modellarining o‘rniga kengaytirishmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: