«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu shaxsiy shifokorga ega bo‘ldi.
AS nashri ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi klubning shifokorlari ishidan norozi bo‘lgan va shaxsiy shifokor tayinlash talabini qo‘ygan.
«Real» prezidenti Florentino Peres buni istamasada, futbolchi bilan shartnomani uzaytirish zarurati tufayli uning talabini bajarishga rozilik bildirgan.
Ronalduning bu harakati «qaymoqranglilar» jamoasining boshqa futbolchilariga namuna bo‘lgani aytilmoqda. Natijada jamoada ish olib borayotgan fizioterapevtlar jamoani tark etishni istashmoqda.
Bundan oldinroq, «Real» Ronalduga mavjud shartnomani 2020 yoki 2021 yilgacha uzaytirishni taklif qilgani haqida xabarlar berilgandi. Amaldagi shartnoma muddati 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Manba: Tribuna.uz