Madridning «Real» klubi Yevropa Ittifoqining o‘ziga nisbatan chiqargan qarorini tan olmaydi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Gap shundaki, «Real» 1998 yilda ma'lum hududdagi yer maydonini sotib olish uchun Madrid shahar byudjyetidan 22,7 million yevro olgan.
Yevropa Ittifoqining maxsus komissiyasi o‘sha maydonning o‘lchamlari va hududini hisobga olib, ko‘pi bilan 4,3 million yevro turishini aniqlagan. Shu sabab Yevropa Ittifoqi «Real»dan qolgan 18,4 million pulni joyiga qaytarishni talab qilmoqda.
«Real» ham bo‘sh kelgani yo‘q. Ular dunyodagi ko‘chmas mulk bilan ishlaydigan mashhur kompaniya Agirre Newman bilan bog‘lanishgan. Bu kompaniyaning hisob-kitobiga ko‘ra, «Real» o‘sha vaqtda 7,5 million yevro kamroq pul olgan.
Madridliklar rasmiy saytining ma'lum qilishicha, «Real» Yevropa Ittifoqining sud bo‘limiga ariza bilan murojaat qiladi.
Manba: Tribuna.uz