"Milan" prezidenti Silvio Berluskoni klubni xitoylik tadbirkorlarga sotgani haqida ma'lum qildi. Shuningdek, u yangi xo‘jayinlarga keyingi 2 yil davomida jiddiy transferlar amalga oshirish shartini qo‘ygani haqida aytib o‘tgan.
"Men "Milan"ga egalik qilish huquqini xitoylik investorlarga berdim, ular jamoani o‘zi munosib o‘ringa qaytarishlari, Yevropa va jahon miqyosiga olib chiqishlari mumkin. Ular kelishuvga ko‘ra keyingi 2 yil mobaynida kuchli futbolchilarni tarkibga jalb etish uchun 400 million yevro sarflashadi. Jamoaning yangi xo‘jayinlari Xitoy hukumati bilan hamkorlik qiladigan kishilar", - deya Berluskonining so‘zlarini keltiradi Calciomercato.
Berluskoni 1986 yildan buyon "Milan" xo‘jayini hisoblanadi. Uning boshqaruvidagi 30 yil davomida jamoa 30 sovrin yutgan, shundan 8tasi Skudetto. Shuningdek, milanliklar jamoasi bu yillarda 5 marta YeChLda va bir marta Italiya Kubogida g‘olib chiqqan.
Manba: Tribuna.uz