Polshada abortga qarshi harakat faoliga 5 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda

Jahon 17:46 / 05.07.2016 4735

Polsha prokuraturasi, o‘tgan yilning may oyida sodir bo‘lgan jinoyat bo‘yicha tergov ishini yakunladi. O‘shanda, mamlakatning o‘sha vaqtdagi prezidenti Bronislav Komorovskiyga nisbatan hujum qilishga urinilgan edi. Mazkur ish bo‘yicha ayblov xulosasi sud mahkamasiga yuborilgan, deb xabar qiladi Gazeta Wyborcza.

Voqea, Torun shahrida, Komorovskiy saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazayotgan vaqtda yuz bergan edi. Prezident limuzindan chiqayotgan vaqtda, olomon orasida bir erkak yugurib chiqqan. Uni hukumat qo‘riqlash byurosi xodimlari to‘xtatib qolgan va keyinroq politsiya ixtiyoriga topshirgan. 

Ayblov tomoniga ko‘ra, 34-yoshli Remigiush D. prezidentga zarba bermoqchi bo‘lgan. Shunga ko‘ra, u 5 yillik qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin. 

Ammo, ayblanuvchi o‘z aybini tan olgani yo‘q. Uning aytishicha, u abortlarga qarshi harakat faoli hisoblanadi, shu bois prezidentga shu mavzudagi ma'lumotni taqdim etmoqchi bo‘lgan. 

Prokuraturaga ko‘ra, u Komorovskiyga chap qo‘lida sariq paketchani olib yugurgan, unda homila surati va "Meni qutqar" so‘zlari bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: