Polsha XXR bilan kosmik sohada hamkorlik qiladi

Jahon 11:46 / 05.07.2016 3873

Polshaning fazoviy agentligi POLSA Xitoy milliy fazoviy boshqarmasi bilan fazoni o‘rganish sohasida hamkorlik qilish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish hamda telekommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar qilmoqda Space News portali. 

"Polshaning fazoviy agentligi -POLSA va Xitoy milliy fazoviy boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlik uch sohada olib boriladi: fazoviy tadqiqotlar, Yerga oid ilmiy bilimlarni rivojlantirish maqsadida sun'iy yo‘ldoshlar vositasida olingan axborotlar almashinuvi va ulardan foydalanish hamda fazoviy texnologiyalarni rivojlantirish…", — deb ma'lum qilgan POLSA rahbari Marek Banashkevich.

U, shuningdek, Xitoy aerokosmik texnologiyalarini Polshaga olib kelish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini ham rad etmagan. 

 

Foto:© Fotolia/ Vadimsadovski

Ko‘proq yangiliklar: