Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari xodimlari, Rossiyaning Samara viloyati fuqarosi, 57-yoshli ayolni hibsga olishgan. U shaxsan tekshirilganda yonida yirik miqdorda giyohvand modda olib ketayotgani aniqlangan, deb xabar qilmoqda «Interfaks».
Politsiyada ma'lum qilishlaricha, giyohvandlikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari, rossiyalik ayolning yonidan 3ta paketchaga o‘ralgan giyohvand moddalarni topgan. Xizmat itlari esa, ichidan 7ta paket topilgan yana ikkita yashirin joyni ham aniqlashda yordam bergan.
O‘tkazilgan tahlil natijasida 3 kgdan ortiq modda - geroin ekani aniqlangan.
Ayol vaqtinchalik saqlash xonasiga joylashtirilgan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.