OAV: Turkiya yana 17 kishini terakt tashkilotchiligida ayblamoqda, shundan 11 nafari rossiyalik

Jahon 21:34 / 05.07.2016 14110

Istanbul prokuraturasi aeroportdagi teraktga aloqadorlikda gumon qilib yana 17 kishini hibsga oldi. Shundan 11 kishi Rossiya fuqarolari, 6 nafari turkiyalik. Bu haqda DHA agentligi xabar tarqatdi.

Bundan oldinroq gumon bilan qo‘lgan olingan 30 kishining 13 nafariga ayblov qo‘yilgandi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an teraktga aloqadorlikda gumon qilinayotganlar Rossiyaning Dog‘iston respublikasida yashovchi fuqarolari ekani, shuningdek, ular orasida Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham borligini ma'lum qildi. U terakt uchun javobgarlikni IShID zimmasiga yuklagan.

Eslatib o‘tamiz, 28 iyun kuni Istanbul shahridagi Otaturk aeroportida uch marta portlash yuz berdi. Terakt oqibatida 44 kishi qurbon bo‘ldi va 239 kishi jarohatlandi.

Chechenistonlik Ahmad Chatayev ushbu terakt tashkilotchiligida ayblanayotgan asosiy gumondor. Chatayev “Imarat Kavkaz” guruhi rahbari Doku Umarov bilan hamkorlik qilgan, Umarov yo‘q qilinganidan keyin esa IShIDga qo‘shilgan.

2016 yilning yanvarida Rossiya Aksilterror qo‘mitasi Chatayev IShID tarkibida Shimoliy Kavkazdagi jangarilarga boshchilik qilayotgani va Rossiya hamda Yevropa hududida teraktlar sodir etishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Ko‘proq yangiliklar: