30 iyun kuni Ispaniyaning Kastiliya-La-Mancha muxtor hududida boshlangan yong‘in ikki kun o‘tib o‘chirildi. Bu haqida Europa Press agentligi xabar qildi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in Letor munitsipalitetidagi 700 gektar yerni vayron qilgan. Ushbu tabiiy ofatni bartaraf etishga umumiy hisobda 530dan ortiq kishi hamda bir qancha vertolyotlar jalb qilindi.
Yong‘in natijasida hech kim jabr ko‘rmagan. Mahalliy hukumat aholi evakuatsiyasi to‘g‘risida ma'lum qilmadi.