OAV: Iroq hukumati Bag‘dod portlashlaridan so‘ng, besh nafar mahbusni qatl etdi

Jahon 00:40 / 05.07.2016 6262

Iroq hukumati 200 nafardan ziyod kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Bag‘doddagi portlashdan so‘ng, besh nafar mahbusni qatl etdi. Bu haqda Iroq adliya vazirligi ma'lumotiga asoslanib, “Frans Press” agentligi ma'lum qilmoqda.

Avvalroq Iroq bosh vaziri Haydar al Abadiy mamlakatda terrorchilikda gumon qilinib, hibsga olinganlarning barchasini zudlik bilan qatl etish to‘g‘risida farmon bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyul kuniga o‘tar kechasi Iroq poytaxtining Karrada tumani aholisi shu hafta nishonlanadigan Ramazon hayitiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bozorlik qilishga chiqqandi. Bu kishilarning ko‘pchiligi terrorchilar hujumi qurboniga aylanishdi.

IShID xudkush-terrorchi harakati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi va buni "xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiya" deya izohladi.

Ko‘proq yangiliklar: