AQSh prezidenti Barak Obama 8 iyul kuni Varshavada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida hamkasblarini YeI bilan harbiy sohada yanada yaqinroq hamkorlik qilishga chaqirmoqchi. Bu haqida prezident ma'muriyatiga asoslanib, The New York Times xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, bunday hamkorlik "anchadan beri AQShning maqsadiga aylangan, lekin Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi bu masalani yanada dolzarb darajaga ko‘tardi". Xususan, NATO va YeI "kiberhujumlarga qarshi kurashish, harbiy mashqlarni muvofiqlashtirish va O‘rta Yer dengizi markaziy qismini patrullashtirish sohalarida hamkorlik qilishlari mumkin".
Bundan tashqari, NYT'ga ko‘ra, yevropalik diplomatlar Fransiya va Germaniyadan yanada yaqin harbiy integratsiyaga doir takliflar kutishmoqda.
Foto: Getty Images