Norvegiya hukumati 2016 yilning yanvaridan shu yilning iyuniga qadar umumiy hisobda 1,6 ming nafar qochqinni qabul qilgan. Bu o‘tgan yilning xuddi shu paytdagi ko‘rsatkichlariga qaraganda 64 foiz kam. Bundan tashqari, joriy yildagi ko‘rsatkichlar 1997 yildan beri eng kam natijani qayd etgan.
"Birinchi yarim yillik davomida boshpana izlayotganlar soni o‘tgan yilning oktabr oyida kelgan qochqinlar sonidan kam bo‘lgan. Shu yilning yanvar oyidan iyungacha bo‘lgan muddatda o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 64 foiz kam qochqin qayd etilgan", - dedi Norvegiya Migratsiya boshqarmasi rahbari Frude Forfang.
Uning so‘zlarini Norvegiyaning Aftenposten gazetasi yetkazdi.
Manbaga ko‘ra, mamlakatda qochqinlar soni kamayganiga qaramay, idorada 2016 yil yakuniga borib, ularning soni qancha bo‘lishini oldindan aniq aytish qiyin.
2015 yil Norvegiya migratsiya xizmatiga 31 mingdan ortiq kishi boshpana so‘rab murojaat qilgan. O‘tgan yilning oxirida Norvegiya hukmati 2016 yil mamlakatda 10, 60 va hattoki 100 ming qochqin bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandi.