"Manchester Yunayted" jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoni rasman tanishtirish marosimini o‘tkazdi.
Portugaliyalik mutaxassis bugun "Old Trafford"da rasman tanishtirildi va "MYu" murabbiyi sifatidagi o‘zining ilk matbuot anjumanida qatnashdi.
U jurnalistlar qarshisida jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida qilgan chiqishida jamoa keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etish huquqi uchun kurashishini ma'lum qilgan.
U shuningdek, Aleks Fergyusonning Ko‘hna qit'a turnirlarida o‘rnatgan rekordini yangilash niyatida ekanini aytgan.
"Men o‘zim istagan joydaman. Men shu mamlakatda, shu ligada, aynan shu klubda bo‘lishni istardim. Biz bu yili YeChLda o‘ynamaymiz, bundan biroz xafaman. Lekin men kelgusida Aleks Fergyusonning YeChLda qayd etgan rekordlarini yangilamoqchiman. "Manchester Yunayted" shunday turnir uchun tuzilgan, biz 2017 yilda YeChL yo‘llanmasini hal etishimiz kerak", deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.