Moskva shahrida Ramazon oyi oxiridagi Hayit bayramlarida 241 ming kishi ishtirok etdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatgan.
IIVning poytaxt bo‘limi ma'lumotiga ko‘ra, politsiya bayram vaqtida tartibsizliklar kelib chiqmasligini nazorat ostiga olgan.
Qayd etilishicha, Moskva jome' masjidiga Hayit namozini o‘qish uchun 90 ming kishi to‘plangan.
Bundan oldinroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bosh vazir Dmitriy Medvedevning Rossiyadagi musulmonlarni bayram bilan tabriklagani haqida xabarlar berilgandi.