Misr sudi sobiq prezident Muhammad Mursiyni terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi

Jahon 06:53 / 05.07.2016 5856

Qohira jinoyat sudi Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyni terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi.

Mursiydan tashqari, sud qarori bilan ushbu ro‘yxatga "Musulmon birodarlar" uyushmasining 35 nafar yuqori lavozimdagi a'zolari ham kiritildi.

Ular orasida tashkilotning oliy rahnamosi Muhammad Badia, Misr parlamentining sobiq rahbari Sa'd al-Qatatniy va boshqalar bor.

Iyun o‘rtalarida Mursiy va uning ikki tarafdori Qatar foydasiga josuslik qilgani uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: