Mamayev va Kokorin Monte-Karloda bir kechada 250 ming yevrolik shampan ichdi

Sport 17:16 / 05.07.2016 10867

Rossiya terma jamoasi futbolchilari Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev Yevropa chempionatidagi «ajoyib» ishtirokni Fransiyaning Monte-Karlo shahrida yuvishdi. Kurort shaharda hordiq chiqarayotgan futbolchilar shahardagi eng qimmat Twiga tungi klubiga dam olgani kirib, naqd 250 ming yevroning tagiga suv quyishdi.

Ular bir shishasi 500 yevro turadigan «Arman de Brinyak» shampan vinosini buyurtma qilishgan. O‘tirish tugagunga qadar kayfi oshib qolgan rossiyalik futbolchilar klubdagi barchani siylashgan. Ularning hisobidan 500 shisha shampan sotilgan va oqibatda futbolchilar 250 ming yevroni faqat shampanning o‘zi uchun to‘lashgan.

Tarmoqda tarqatilgan shu holatga oid videoda ko‘ngilxushlik vaqtida Rossiya madhiyasi yangrab turganini ko‘rish mumkin.

Rus nashrlarining xabar berishicha, Twiga klubidagi bir stolda shunchaki ovqatlanish ham 1000 yevrodan kam tushmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: