«Krasnodar» Monte-Karlodagi ziyofat videosi tufayli Mamayevni jazoladi 

Sport 21:02 / 05.07.2016 6001

«Krasnodar» jamoasi bosh direktori Vladimir Xashig jamoa yarim himoyachisi Pavel Mamayev ishtirokidagi video bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.

«OAVda jamoa futbolchisi Pavel Mamayev ishtirokida tarqalgan bu video bo‘yicha munosabat bildirmoqchimiz: Biz bunday xatti-harakat buzuqilik va «Krasnodar»futbolchisi uchun nojo‘ya harakat deb baholaymiz.

O‘zaro shartnomada ko‘rsatilganidek intizomiy va moliyaviy xarakterdagi choralar ko‘riladi. Ayni vaqtda Pavel Mamayev «Krasnodar»ning yoshlar jamoasiga o‘tkazilgan. Shuningdek, jarima qo‘llaniladi», – degan Xashig.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq rus nashrlari Mamayev va Kokorin Monte-Karloda bir kechada shapman uchun 250 ming yevro sarflagani haqida xabar qilishgandi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: