Ispaniyada aksilkorrupsiya operatsiyalari olib borilmoqda

Jahon 15:38 / 05.07.2016 3001

Ispaniya fuqarolik gvardiyasi mamlakatda keng ko‘lamli aksilkorrupsiya operatsiyasini olib bormoqda. Bu haqda El Pais yozmoqda.

Ma'lum qilinishicha, tekshiruvlar Madrid va Kataloniya muxtor jamiyatlarining munitsipal va shahar hukumati binolarida olib borilmoqda.
Ayni damda 12 kishi hibsga olingan, ulardan ikki kishi sobiq merlardir.

Térmyca nomini olgan operatsiya 2014 yilning iyun oyidan olib boriladi. O‘shanda Kataloniyaning Torredembarra shahridagi tekshiruvlarda mer Daniel Masage qo‘lga olingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: