Iroq ichki ishlar vaziri Muhammad Salom al-G‘abbon 200 dan ko‘proq kishining umriga zomin bo‘lgan Bag‘doddagi teraktdan keyin iste'foga ketishga qaror qildi. Bu haqda vazirning o‘zi ma'lum qildi.
2 iyuldan 3 iyulga o‘tar kechasi Bag‘dod markazidagi ko‘plab restoranlar va savdo maydonlari joylashgan Al-Qarrada tumanida ikkita portlash sodir etildi. Terakt oqibatida 200 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohat oldi. Portlashlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhiga o‘z zimmasiga oldi.