Indoneziyada xudkush terrorchi politsiya mahkamasi oldida o‘zini portlatib yubordi

Jahon 09:49 / 05.07.2016 4213

Indoneziyaning kichik shaharlaridan birida politsiya mahkamasi binosi oldiga mototsikl orqali kelgan terrorchi o‘z tanasiga o‘rnatilgan portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Bu haqda The Jakarta Post xabar tarqatdi.

Surakarta shahri politsiyasi bergan ma'lumotga ko‘ra, terrorchi soqchilar otryadi oldiga borib portlatishni rejalashtirgandi. Uning harakati rejadagidek amalga oshmagan, lekin portlash oqibatida bir zobit jarohatlangan.

Qayd etilishicha, bu hodisa Saudiya Arabistonidagi portlashlardan bir necha soat o‘tib yuz berdi.

Hukumat bu hujum yanvar oyida mamlakat poytaxti Jakarta teraktlar sodir etgan IShIDga aloqadorligi haqidagi ma'lumotni tekshirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: