Hindistonning Bravo Pharmaceuticals farmatsevtika kompaniyasi joriy yilning iyun oyida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tayyor dori preparatlari ishlab chiqaruvchi zavodning qurilish ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi rasmiy saytida ma'lum qilingan.
EIIZ saytida ma'lum qilinishicha, yangi zavodning birinchi g‘ishtini qo‘yish marosimida Bravo Pharmaceuticals kompaniyasining rahbarlari ishtirok etgan.
Loyiha qiymati 2,6 million AQSh dollariga teng. Yil oxirida qurib bitkazilishi rejalashtirilgan zavodda 100 kishi ish o‘rni bilan ta'minlanishi ko‘zda tutilgan.