Google tarjima qilib beruvchi quloqchinlarni sinovdan o‘tkazdi

Fan-texnika 00:57 / 05.07.2016 7831

Google korporatsiyasi turli tillardagi nutqlarni tarjima qilib beruvchi va real vaqtda natijalarni ovozli eshittiruvchi simsiz quloqchinlar ustida ishlamoqda. Bu haqda Google Brain loyihachilaridan biri Greg Korrado jurnalistlar bilan suhbat paytida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda TechInsider.

Korradoning ma'lum qilishicha, oradan 10 yilcha vaqt o‘tib turli tillarda so‘zlashuvchi odamlar o‘zaro bemalol gaplasha oladilar va hech qanday tarjimonlarga ehtiyoj qolmaydi.

Tarjima neyron tarmog‘i tizimi yordamida vujudga keladi. Shundan so‘ng, hosil bo‘lgan nutq o‘sha insonning ovozidan farq qilmaydigan robot ovozida eshittiriladi. Korrado loyiha nomini yashirib o‘tirmadi, ammo buni rivojlantirishga hali ko‘p vaqt borligini ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: