Funt sterling 30 yillik minimumni qayd etdi

Iqtisodiyot 15:28 / 05.07.2016 8247

5 iyul kuni funt sterlingning yevroga nisbatan kursi keyingi 2,5 yildagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda Reuters agentligi Angliya bankining Brexit ortidan yuzaga keladigan iqtisobiy holatga bag‘ishlangan hisobotiga asoslanib xabar tarqatgan.

Toshkent vaqti bilan soat 13.50dagi ma'lumotlarga ko‘ra, britan valyutasi yevroga nisbatan 1,1 foizga arzonlashgan (1 yevro - 0,84 funt). Bu esa 2013 yilning dekabridan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir.

Shu bilan birga, Bloomberg ma'lumotiga ko‘ra, dollarga nisbatan funt sterling kursi 1,3 foizga pasayib, 1 funt 1,31 dollarga savdo qilingan.  Bu 1985 yildan buyon eng past ko‘rsatkichdir, bunday pasayish, hatto, dunyo moliyaviy inqirozi chog‘ida ham kuzatilmagan.

Bu pasayishlar Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi bo‘yicha 24 iyul kuni o‘tkazilgan referendumda Brexit tarafdorlari g‘olib chiqishi ortidan ro‘y berdi.

Referendum natijalari e'lon qilingan dastlabki kunda Birlashgan qirollik milliy valyutasi funt sterling 1985 yildan beri ilk marotaba 1,35 dollargacha arzonlashgandi.

Bundan oldinroq, Britaniya biznesida referendum natijalari tufayli pessimizm holati ikki barobar ortgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: