“Aqchakol” bo‘yi qirg‘og‘ida joylashgan bolalar oromgohi har yili o‘z quchog‘iga 1000 nafar bolani qabul qiladi. Toza suvi, havosi, ko‘plab sersoya daraxtlar hordiq chiqarayotgan bolalarning salomatligi mustahkamlanib, to‘g‘ri rivojlanishlari, sog‘lom va quvnoq holda vaqt o‘tkazishlari uchun qulay sharoitlarni yaratadi.
Ellikqal'a tumanida joylangan “Orol bolalari” xalqaro o‘quv sog‘lomlashtirish oromgohida joriy yilda jami 5ta smenada 1000 nafar, shuningdek “Gulshan” kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohida 4ta smenada 85 nafardan jami 340 nafar bola dam olishi rejalashtirilgan.
“Orol bolalari” xalqaro o‘quv-sog‘lomlashtirish oromgohida bolalar dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan, suv basseynlari, sport majmualari, to‘garaklar, kutubxona, madaniy dam olish uchun mo‘ljallangan sahnalar mavjud.
Hozirda uchinchi smenada bolalar maroqli dam olmoqda. Bu esa ularning sog‘lom fikrlaydigan, yetuk, barkamol, yurt uchun nafi tegadigan yoshlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
Voyaga yetmagan yoshlarning yozgi dam olishlarini maroqli o‘tkazish, ular o‘rtasida sog‘lom muxitni to‘g‘ri shakllantirish maqsadida:
- bu yerda dam oluvchi o‘quvchi yoshlarimiz orasida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida insholar, rasmlar tanlovi, “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida sport musobaqalari keng turda o‘tkazilmoqda. Shuningdek, “Eng yaxshi kitobxon”, “Oromgoh yulduzlari”, “Bizning oromgoh bergan saboqlar”, “Iste'dodlarni izlaymiz”, “Farzand sog‘lom bo‘lsa - ona baxtiyor” mavzusida tanlovlar, “Tilaklar guldastasi”, “Dilkash davra maskanlari” bayram dasturi namoyish qilinib, mustaqillik bayramining 25 yilligi munosabati bilan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas vatanim, jonim senga fido O‘zbekistonim” shiori ostida konsert dasturlari namoyish qilinmoqda.
Bolalarni iqtidorini qo‘llab quvvatlash maqsadida, guruhlar o‘rtasida har hil mavzudagi sahna ko‘rinishlari, spektakllar, ertaklar va musiqiy dasturlar o‘tkazilmoqda. Qolaversa “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashi tomonidan valontyorlar biriktirilib, bolajonlarga kunlik seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Oromgohda dam oluvchilar bilan “Yozni Kamolot bilan” loyihalari doimiy ravishda olib borilmoqda.
Tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish, sport o‘yinlari va musobaqalar, yangi do‘stlar bilan muloqot imkoniyati, turli tanlovlarda ishtirok etish – bolaga mana shu narsalar kerak. Aynan shu hordiqni unutilmas qiladi, bolalarning iqtidorini yuzaga chiqaradi, kelgusi mavsumgacha bir yilga yetarli turli taassurotlar bilan boyitadi.
“Kamolot” YoIH tuman
Kengashi bosh mutaxassisi Ozoda Ro‘zimova