Eron TIV: Terrorchilar Madinada terakt sodir etib, barcha to‘siqlardan o‘tishganini ko‘rsatishdi

Jahon 15:27 / 05.07.2016 9096

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif kuni kecha Saudiya Arabistonining Madina shahrida, payg‘ambar Muhammad (s.a.v) masjidi yonida sodir etilgan teraktga o‘z munosabatini bildirdi. "Terrorchilar o‘tmagan boshqa hech bir to‘siq qolmadi. Sunniylar ham, shialar ham ularning qurboniga aylandi", - deb yozadi u Twitter ijtimoiy tarmog‘ida.

Eron diplomatiyasi rahbari jahondagi barcha musulmonlarni terrorchilar bilan kurashish uchun birlashishga chaqirgan.

Eron TIVning rasmiy vakili Bahrom Gasemiy ham Saudiyada bo‘lgan teraktlarga nisbatan o‘z fikrini bildirgan. "Terrorizm chegara bilmaydi. Unga qarshi kurashishda xalqaro va mintaqalararo darajada birlashishdan boshqa chora yo‘q", - degan diplomat.
Ayni damda Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar buzilgan. Bunga sabab Saudiya tomonining mamlakatdagi shialarning mashhur din peshvosi Nimr an Nimrni o‘ldirgani tufayli, eronliklar Tehron va Mashhaddagi Saudiya Arabistonining diplomatik binolarini vayron etishgani sabab bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: