Erdo‘g‘an Istanbul aeroporti teraktlariga aloqadorlarning fuqaroligini ma'lum qildi

Jahon 13:25 / 05.07.2016 28315

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Istanbulning Otaturk xalqaro aeroportida sodir etilgan mudhish jinoyatlarga qaysi mamlakatlar fuqarolari aloqadorligiga oydinlik kiritdi. 

"Mazkur voqealar sababli qo‘lga olinganlar soni 30ga yetdi. Ushbu odamlar vositasida biz o‘zimizga kerakli va muhim xulosalarni chiqarib olamiz.… Hozirda, Dog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari bu ishga aloqadorligi ma'lum. Afsuski, ular bizga yaqin va qo‘shni mamlakatlar fuqarolaridir", — deb bayonot bergan Erdo‘g‘an jurnalistlar bilan uchrashuvida. 

Eslatib o‘tamiz, dastlab, mazkur jinoyatlarni chechen, qirg‘iz va o‘zbek jangarilari sodir etganligi to‘g‘risida turli xabarlar berilgan edi. Endilikda, jinoyatchilikda gumon qilinayotganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi ma'lum bo‘ldi.
 
Turk yetakchisi shuningdek, terakt IShID terrorchilik guruhi tomonidan tashkil etilganini ham ta'kidlagan. 

28 iyun kechqurun Otaturk aeroportida sodir etilgan portlashlarda 44 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 239 kishi jarohatlangan edi. 

Turkiya hukumati, qo‘poruvchiliklarni tashkil etishda chechenistonlik Ahmad Chatayevni gumon qilmoqda. Doku Umarovning "Imarat Kavkaz" tashkiloti bilan hamkorlik qilgan Chatayev, Umarovning vafotidan so‘ng, IShID safiga qo‘shilgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: