O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘ldi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Unda vazirlik va idoralar rahbarlari, elchixonalar va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.
Akademiyaga oliy ma'lumotli, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida ikki yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega nomzodlar tanlov asosida qabul qilinmoqda.
– O‘quv dargohimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi qator davlatlarning ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalari, shuningdek, BMT, OTB, YeXHT kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatgan, – deydi akademiya o‘qituvchisi Mohira Eshonova. – O‘qituvchilar, xodimlar va tinglovchilarning ham nazariy bilimini, ham amaliy ko‘nikmasini takomillashtirish maqsadida ular davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, oliy ta'lim va ilmiy muassasalarga, jumladan, xorijiy mamlakatlarning ilmiy muassasalariga amaliyot o‘tashga yuboriladi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.Azimov so‘zga chiqdi.