Rio de Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari vaqtida qo‘poruvchiliklar ehtimoli yuqoriligicha qolmoqda. Braziliya xavfsizlikni ta'minlash borasida, shu kabi yirik sport anjumanlarini o‘tkazgan boshqa mamlakatlardan o‘rnak olishi lozim. BMT aksilterror qo‘mitasi direksiyasi rahbari, tashkilot bosh kotibi o‘rinbosari Jan-Pol Labord jurnalistlar bilan uchrashuvida shunday fikrlarni bildirgan.
Uning aytishicha, Olimpiya o‘yinlari kabi yirik sport musobaqalari, terrorchilarga, o‘zlarining g‘arazli niyatlarini amalga oshirish uchun nishon bo‘lishi ehtimoli kam emas.
Labordning so‘zlariga ko‘ra, IShID nazoratidagi hududlarning qisqarishi, terrorchilarning tarqalishiga va boshqa mamlakatlarda terrorchilik xurujlarini amalga oshirishlariga asos bo‘lishi mumkin.