Uels terma jamoasi hujumchisi Garet Beyl Yevro-2016 finaliga chiqishsa, Germaniyaga qarshi o‘ynashlarini istashini aytdi.
«Eslamyman, Toni Kroos biz turnirda 3ta o‘yin o‘ynab qaytishimizni bashorat qilgandi. Shuning uchun, finalda uning qarshisida paydo bo‘lsak, yomon ish bo‘lmasdi.
Biz FIFA reytingida 100-o‘rinda turganimizda tez-tez mag‘lubiyatlar qayd etardik. Bizga 2 hafta emas, 9 hafta dam olishimiz mumkinligini aytishardi. Shuning uchun, hozir terma jamoa bilan bu turnirda ishtirok etayotganimdan mamnunman.
Biz turnirga kelib, guruh bosqichidan chiqib, muxlislarimizni xursand etib bo‘ldik. Lekin biz yarim finaldan ham o‘tishimizga ishonamiz, axir o‘tmishda shunday hodisalar bo‘lganku. Daniya yoki Gretsiya bunga misol. Nega biz ham sovringa ega bo‘lmasligimiz mumkin?
Saralash o‘yinlari vaqtida biz jamoa sifatida o‘sdik va kuchli jamoaga aylandik», — deya uelslik futbolchining so‘zlarini keltiradi Four-Four-Two.
Yevro-2016 yarim finalida Uels 6 iyul kuni Portugaliyaga qarshi o‘ynaydi. Germaniya esa 7 iyul kuni turnir mezbonlari Fransiya bilan kurash olib boradi.
Manba: Tribuna.uz