Saudiya Arabistonining sharqidagi Al-Qatif shahridagi masjid yonida amalga oshirilgan terakt joyida 3 kishi jasadining bo‘laklari aniqlandi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali keltirib o‘tgan mamlakat ichki ishlar vazirligi bergan bayonotda aytilgan.
Bayonotda hujumni xudkush amalga oshirgani aytilgan. "Terrorchi-xudkush o‘zini Al-Qatifdagi masjidlardan biri yonida portlatgan. Voqea joyida uch kishi jasadi bo‘laklari topilgan, bo‘laklar hozir kimga tegishli ekani aniqlashtirilmoqda", deb aytilgan bayonotda.
Avvalroq iftorlik vaqtida Al-Qatifda bir nechta portlash sodir etilgani ma'lum qilingandi. Hujum ortida ikki nafar jangari turgani, ularning portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan xudkushlik kamarlari masjidga tutashgan ko‘chada vaqtidan avval portlagani va shu sababli namozxonlardan hech kim jabrlanmagani haqida ma'lumot berilgan.
Bundan tashqari, mamlakat ichki ishlar vazirligi Madinadagi Masjidi Nabaviya yaqinida kechki payt amalga oshirilgan yana bir teraktda maxsus kuchlar xodimlarining 4 nafar xodimi halok bo‘lgani, yana 5 nafari jarohat olganini tasdiqladi.