Janubiy Koreya yetakchisi: KXDR yadroviy dasturdan voz kechibgina barqarorlikni saqlab qolishi mumkin

Jahon 10:22 / 04.07.2016 3828

KXDR yadroviy dasturidan voz kechmas ekan, uning xalqaro bosimga qarshi chiqib, barqarorlikni saqlab qolishga urinish harakatlari zoye ketadi. Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe vazirlar mahkamasi a'zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ana shunday fikr bildirdi. 

"Pxenyan o‘z fuqarolari turmush tarzini yaxshilash o‘rniga dunyo ahliga yadroviy qurol bilan tahdid solar ekan, uning rejimni barqarorlashtirish harakatlari hech qanday natija ko‘rsatmaydi, - deya ta'kidladi Janubiy Koreya yetakchisi. - Bu xalqaro hamjamiyat tomonidan sanksiyalarning kuchaytirilishga olib keladi, xolos". 

Shuningdek Pak Kin Xe vazirlar mahkamasi a'zolarini ogohlikka chaqirdi. "Shimoliy Koreya bizning jamiyatimiz hamda xalqaro maydonda mojaro keltirib chiqarish usullarini izlamoqda, - dedi u. - Bunday vaziyatda biz yanada jipslashib, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz lozim".

BMT Xavfsizlik Kengashi (XK) 2 mart kuni Pxenyanning yadroviy sinoviga javoban KXDRga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga doir 2270- rezolyutsiyasini qabul qilgan. Unga ko‘ra, mamlakatdan ko‘mir, temir rudasi, titan, vanadiy, oltin va boshqa qimmatbaho metallar importi, shuningdek u yerga aviatsiya va raketa yoqilg‘isini yetkazib berish embargosi taqiqlanadi. Bundan tashqari Koreya Respublikasi va boshqa bir qator mamlakatlar Shimolga nisbatan bir tomonlama cheklovlar belgilashgan. 

 

Foto:© AP Photo/Ahn Young-joon

 

Ko‘proq yangiliklar: