Volkswagen nemis avtokonserni rahbari Mattias Myuller kompaniya "dizel mojarosidan" jabr ko‘rgan yevropalik avtomobil egalariga tovon puli to‘lamoqchi emasligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda IBTimes.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ichki bozor bo‘yicha yevrokomissar Eljbeta Benkovska Volkswagen’dan AQSh hukumati bilan kelishilgan to‘lovlar dasturini Yevropa Ittifoqiga ham tatbiq qilishini talab qilgan.
Benkovska iyunda nemis kompaniyasi AQSh hukumati bilan nosoz mashinalarning amerikalik egalariga 15 mlrd dollar to‘lashga kelishib olganini eslatib qo‘ydi.
Myuller Yevropada ham tovon puli to‘lash Volkswagen’ni "cho‘ktirib yuborishi" mumkinligini aytgan.