O‘zbek kurashchilari Germaniyadao‘tgan xalqaro turnir sovrindorlari bo‘lishdi

Sport 13:46 / 04.07.2016 3642

Germaniyaning Dortmund shahrida erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha “Germaniya gran-prisi” xalqaro musobaqasi yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonlik erkin kurash ustasi 74 kg vazn toifasida bronza medali sohibi bo‘ldi. Ushbu vazn yo‘nalishida birinchi o‘rin AQShlik sportchi Jordan Barrauzga, ikkinchi o‘rin germaniyalik Martin Obstga nasib etdi.

61 kg vazn toifasidagi kurashchilar bahsida o‘zbekistonlik  kurashchi Abbos Rahmonov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu vazn yo‘nalishida birinchi o‘rin ozarbayjonlik Xoji Aliyevga, ikkinchi o‘rin polshalik Kristof Biyenkovskiyga nasib etdi.

Abbos murabbiysining ko‘rsatmasiga asosan o‘z vazni bo‘yicha gilamga chiqmadi. Shu bois u Olimpiada o‘yinlarida o‘zining 57 kg vazni yo‘nalishida bahs yuritadi.

Ko‘proq yangiliklar: