U kashanda xonadoshlari joniga tekkanidan g‘aroyib ixtiroga qo‘l urdi

Jamiyat 17:28 / 04.07.2016 8922

Xitoylik talabaning xonadoshlari juda ko‘p tamaki chekishardi. Bu esa uning o‘qishiga halaqit berardi. Shunda u g‘aroyib ixtiroga qo‘l urdi va nafas olish qurilmasini o‘ylab topdi. Qurilmaning suratlari Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilindi.

Talaba tamaki tutunidan himoyalanish uchun boshiga quti kiyib oladi. Quti esa plastik qoplardan hosil bo‘lgan «quvur»ga biriktirilgan. «Quvur» esa, o‘z navbatida, ikkinchi tomondan ventilyatorga ulangan. Shu tariqa, talaba sal-pal toza va salqin havodan nafas olish baxtiga muyassar bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: