Turkiya TIV: Hali hech kim Rossiyaga "Injirlik"dan foydalanishga ruxsat berilishi haqida gapirmadi

Jahon 19:49 / 04.07.2016 9189

Turkiya TIV rahbari Mavlyud Chovusho‘g‘lining ma'lum qilishicha, Anqara Rossiyaga "Injirlik" bazasidan foydalanishni taklif etmagan.

Shu bilan birga u Turkiya Moskva bilan IShIDga qarshi hamkorlik qilishga qarshi emasligini inkor etmagan.

"Men bunday gaplarni aytmaganman. Men IShIDga qarshi hamkorlik qilishimiz mumkinligi haqida gapirganman", degan Chovusho‘g‘li Injirlikdagi bazadan Rossiya samolyotlari foydalanishi mumkinligi haqidagi vaziyatga izoh berib.

Bundan oldinroq nashrlarda Turkiya Rossiyaga "Injirlik" aviabazasidan foydalanishga ruxsat berishi haqida xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: