Rossiyada Suriyadagi harbiy amaliyotlar ishtirokchilari - harbiy harakatlar faxriylari deb tan olindi

Jahon 17:10 / 04.07.2016 5009

RF prezidenti Vladimir Putin, Suriyadagi jangovar amaliyotlarda ishtirok etgan rossiyalik harbiylarga, "harbiy harakatlar faxriysi" maqomini taqdim etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda rasmiy huquqiy axborotlar saytida e'lon qilingan. 

Qayd etilishicha, 2015 yil 30 sentabridan maxsus harbiy topshiriqni bajarish uchun Suriya hududiga safarbar etilgan va muddatini yakunlagan yoki ijobiy sababga ko‘ra, muddatidan avval vataniga qaytgan shaxslarga urush faxriysi maqomi beriladi. 

Shunga ko‘ra, Rossiyaning 25 mingga yaqin fuqarosi Suriyadagi harbiy harakat faxriysi bo‘la oladi. Ularga, «Faxriylar to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan ijtimoiy dasturlar qo‘llaniladi. 

Ko‘proq yangiliklar: