Turkiyaning «Fenerbahche» jamoasi Rossiya termasi futbolchisi, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Germaniyaning «Shalke» jamoasini tark etgan Roman Noyshtedterni o‘z safiga qo‘shib olishini e'lon qildi.
Turkiyaliklar jamoasi rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, futbolchi bilan 5 iyul kuni shartnoma tuziladi.
28 yoshli bu futbolchi 2012 yildan buyon «Shalke» safida o‘ynab kelayotgandi. U o‘tgan mavsumda bundesliganining 30 uchrashuvida maydonga tushgan.
Bundan oldinroq OAVda ushbu futbolchi «Rubin»ga o‘tishi mumkinligi aytilgandi. Shuningdek, unga «Zenit» va TsSKA jamoalaridan qiziqishlar bildirilgan.
Manba: Tribuna.uz