Rossiya tashqi ishlar vazirligi Polsha bilan chegarada harakatlar vaqtincha to‘xtatilgani haqida ma'lum qildi. Bu Polshada o‘tgan NATO sammiti vaqtida Polshaning Kaliningrad bilan chegarada huddi ana shunday tadbir qo‘llaganiga nisbatan amalga oshirilgan.
«Rossiya tomoni hech qanday maslahatlashuvlarsiz ushbu bir tomonlama harakatdan xabardor qilindi. <...> Varshavaning harakatlarni taqiqlash borasidagi bir tomonlama qaroriga e'tibor qaratamiz va biz ham ana shunday yo‘l tanlaymiz», — deyiladi ma'lumotda.
TIVda ma'lum qilinishicha, Rossiya tomoni Kaliningrad viloyatiga kirishga majbur polshaliklarga nisbatan huddi ana shunday tarzda javob qaytargan. Xabar qilinishicha, ushbu tadbir Varshava oldingi tartibga qaytmagunicha amalda bo‘ladi.