Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan AQSh bosh konsulligi binosi yonida terrorchi portlovchi moddani ishga tushirdi, natijada 3 nafar politsiya xodimi jarohatlandi. Reuters agentligi xabar qiladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, terrorchi o‘z avtomobilini Amerika konsulligi qarshisidagi masjid binosi yonida to‘xtatgan. Biroz vaqt o‘tib, portlovchi modda ishga tushirilgan. Buning natijasida xudkush-terrorchi halok bo‘lgan, 3 nafar politsiya xodimi jiddiy jarohat olgan.
Voqeaga aniqlik kiritilishicha, AQShda Mustaqillik kuni nishonlanayotgan bir paytda Jiddada portlash sodir etilgan.