Putin bezori muxlislar qora ro‘yxati haqidagi qonunni imzoladi

Jahon 22:56 / 04.07.2016 6930

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sudlarga avval tribunalarda o‘zini tutish qoidalarini buzganlikda fosh qilingan muxlislarga rasmiy sport tadbirlariga tashrif buyurishga taqiqlov o‘rnatish huquqini beruvchi federal qonunni imzoladi. 

"Rasmiy sport tadbirlarini o‘tkazishda tomoshabinlarning o‘zini tutishi qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan sud rasmiy musobaqalar o‘tkaziladigan kunlarda ular o‘tkaziladigan joylarga tashrif buyurishlariga ma'muriy taqiqlov o‘rnatishi mumkin", deyilmoqda hujjatda.

Bezorilarning qora ro‘yxati politsiya tomonidan yuritiladi, tadbirlar tashkilotchilari esa musobaqalar boshlanguncha 3 soatdan kechikmagan vaqtda tomoshabinlar shaxsini o‘rnatishlari kerak bo‘ladi. 

Qora ro‘yxatga tushgan bo‘lsa-da, musobaqaga kirmoqchi bo‘lgan muxlislarga chipta uchun to‘langan haq qaytarilmaydi. 

Qonun musobaqalar tashkilotchilariga qo‘yilgan talablar qismidan tashqari kuchga kirdi, bu qism uchun yangi qoidalar esa 2017 yil 1 yanvardan amal qila boshlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: