Rossiya prezidenti Vladimir Putin fuqarolarga 40 ming rublgacha bo‘lgan miqdordagi xorijiy valyutani pasportsiz ayirboshlash imkonini beruvchi qonunni imzoladi. Hujjat huquqiy axborot rasmiy portalida chop etilgan.
Mazkur qonun 15 iyun kuni Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan hamda 29 iyunda Federatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlangan.
Yangi qonun valyuta ayirboshlash operatsiyalarining pul miqdorini 15 mingdan 40 ming rublgacha ko‘taradi. Bunda mijozning shaxsini tasdiqlash talab qilinmaydi va bunda fuqarolar tomonidan pasport ko‘rsatilmaydi. Shu tariqa, mijozning shaxsini tasdiqlashni talab qiluvchi summa miqdori deyarli uch barobar oshadi.
Valyutani sotish yoki sotib olish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilganda, mijozning shaxsini oson aniqlash uchun ko‘zlangan pul qiymati qonunan 40 ming rubldan 100 ming rublgacha oshiriladi, bunda ular pasportning o‘zini ko‘rsatishsa, kifoya.
Qonun operatsion yukni hamda xorijiy valyutani ayirboshlash operatsiyalarini rasmiylashtirishda banklarning xarajatini kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Mazkur qonun uning rasman e'lon qilingan kunidan boshlab kuchga kiradi.