NATOning Varshavadagi sammitida 18 prezident va 21 bosh vazir ishtiroq etadi

Jahon 19:46 / 04.07.2016 5732

8-9 iyul kunlari Varshavada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida turli davlatlardan 18 nafar prezident va 21 nafar bosh vazir, 41 nafar tashqi ishlar vaziri va 39 nafar mudofaa vaziri ishtirok etadi, deb xabar bermoqda TVN24 telekanali.

Sammitda hammasi bo‘lib 52 ta davlatdan, undan 28 tasi NATO a'zosi, 2103 nafar delegat ishtirok etadi. Shuningdek, 11 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtiroki kutilmoqda. 

Sammitni 2 mingga yaqin jurnalist yoritadi.

Ko‘proq yangiliklar: