Moskva - Vladivostok reysi ajrashishga qaror qilgan yo‘lovchi ayol tufayli olti soatga kechiktirildi

Jahon 13:43 / 04.07.2016 4251

Moskvaning Vnukovo aeroportidan Vladivostok shahriga amalga oshirilishi kerak bo‘lgan reys olti soatga kechiktirildi. Yo‘lovchilarning so‘zlariga ko‘ra, bunga u yerdagi bir ayolning uchish haqidagi fikri o‘zgarib qolganligi sabab bo‘lgan. RIA "Novosti" xabar qiladi. 

Vladivostok aeroportining ma'lumotlar xizmati samolyot Vnukovodan parvozni kech amalga oshirgani tufayli kechikayotganligi xabar qilgan, buning sabablariga esa oydinlik kiritilmagan. 

Biroq ijtimoiy tarmoqlarda kechikkan reys yo‘lovchilari tomonidan buning sababiga aniqlik kiritildi - undagi yo‘lovchi ayol aynan parvoz oldidan samolyotdan tushib qolishni so‘ragan. Ayol eri bilan ajrashishga qaror qilganligi tufayli uchish fikridan qaytgan. 

 

Foto:© RIA

Ko‘proq yangiliklar: