«Lokomotiv» Artur Gevorkyanni o‘z safiga qo‘shib oldi

Sport 21:42 / 04.07.2016 7257

Toshkentning «Lokomotiv» klubi bugun jiddiy transfer imzoladi. 

Osiyo Chempionlar Ligasida o‘z yurishini davom ettirayotgan «Lokomotiv» O‘zbekiston chempionatida to‘p suruvchi eng kuchli legionerlardan biri, ichki chempionatdagi raqobatchi jamoa «Nasaf» jamoasi yetakchisi Artur Gevorkyan bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Tribuna.Uz saytida ma'lum qilingan.

Artur Gevorkyan 1984 yil 22 noyabrda Turkmanistonning Ashxobod shaxrida tavallud topgan.

Futbolchilik faoliyatini Turkmanistonning «Shagadam» klubida boshlagan. Undan so‘ng «Yesil-Bogatyr» (Qozog‘iston), «Ashxobod» (Turkmaniston), «Sho‘rtan» (O‘zbekiston), «Paxtakor» (O‘zbekiston) va «Nasaf» (O‘zbekiston) klublarida davom ettirgan.

Ko‘proq yangiliklar: