Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Echjou shahrida iyun oyidan beri tinmay yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir tufayli shahardagi stadion suvga to‘lgan. Bu haqda CCTV News o‘zining feysbukdagi sahifasida ma'lum qilgan.
Sport maydonidagi suv hajmi futbol davrozasidan yuqoriga ko‘tarilgan.
Ma'lum qilinishicha, o‘ttiz yil — maydon qurib topshirilganidan buyon bu yerda bunday voqea kuzatilmagan.