Qozog‘iston poytaxti aholisi 1 millionga yetdi

Jahon 14:43 / 04.07.2016 20543

Qozog‘iston Respublikasi ma'muriy markazi Ostona shahri - Shahar kunini nishonlashiga bir necha kun qolganida bir million kishi istiqomat qiladigan shahar maqomini oldi. Bu haqda, "Atameken" etnik xotira majmuasida bayroq ko‘tarish marosimida chiqish qilgan respublika prezidenti Nursulton Nazarboyev ma'lum qildi. 

"Katta xursandchilik bilan e'lon qilmoqchiman, bugun shaharning millioninchi fuqarosi Muhammadyorovlar oilasida dunyoga keldi. Onasi tarbiyachi, otasi elektromontyor. Endi Ostonada bir million kishi yashaydi", - degan Nazarboyev. 

Mamlakat poytaxtini Olma-otadan Oqmola (Ostonaning avvalgi nomi)ga ko‘chirish to‘g‘risidagi qaror Qozog‘iston Respublikasi Oliy kengashi tomonidan 1994 yil 6 iyulda qabul qilingandi. 1997 yilda davlat rahbari poytaxtni ko‘chirish to‘g‘risida yakuniy qarorni qabul qildi. 

1998 yil 6 mayda Oqmola Ostona deb qayta nomlandi. Dastlab, shahar kuni 10 iyunda nishonlanar edi. Biroq, keyinroq u 6 iyulga o‘tkazildi. Nazarboyevning o‘zi ham ayni shu kunda tavallud topgan. 
 

Ko‘proq yangiliklar: