Isroil jamoat xavfsizligi vaziri Gilad Erdanning fikricha, Falastin xalqi bilan to‘qnashuvlarda qisman bo‘lsa-da, Facebook ijtimoiy tarmog‘ining ham aybi bor, deb xabar qilmoqda Re/Code nashri.
«Qurbonlar uchun javobgarlik qisman Facebook zimmasida. U maxluqqa aylanib ulgurdi. Falastinning yosh avlodi turli chaqiriqlarni o‘qib, so‘ngra Facebookdagi muhokamalardan ilhomlanib, o‘z jonlariga qasd qilishadi», — deb bayonot bergan Erdan.
Facebook tarmog‘i rahbariyati esa, o‘z navbatida xavfsizlik tashkilotlari bilan tezkor hamkorlikni qayd etib, ijtimoiy tarmoq doirasida zo‘ravonlik va bevosita tahdidlarga yo‘l qo‘yilmasligini qo‘shimcha qilgan.