Iroqda Bag‘doddagi teraktlar sabab uch kunlik motam e'lon qilindi

Jahon 09:54 / 04.07.2016 5365

Iroq bosh vaziri Haydar al Abadiy Bag‘dodda sodir etilgan teraktlar sabab mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi. Bu haqda Al Sumaria telekanali xabar bermoqda.

Uning aytishicha, “Iroq fojia qurbonlari uchun motam tutadi”. Abadiy, shu bilan birga, teraktni tashkillashtirganlarga qarshi zudlik bilan harakat boshlash zarurligini ham ta'kidlagan.

«Ko‘pchilikni tashkil etgan qurbonlar haqida eshitib, bugundan boshlab mamlakatda uch kunlik motam e'lon qilamiz», — dedi Iroq bosh vaziri.
Eslatib o‘tamiz: 3 iyulga o‘tar kechasi Iroq poytaxti Bag‘dod shahrining ikki tumanida sodir etilgan 2ta portlash natijasida qurbon bo‘lganlar soni 165 kishini tashkil etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: